Premium
Sifat - Asosiy
Maqsad
Bepul konsultatsiya
Telefon raqamingizni yozib qoldiring, biz sizga qoʻngʻiroq qilib, savolingiz javobsiz qolmasligiga harakat qilamiz
Telefon raqamingizni yozib qoldiring, biz sizga qoʻngʻiroq qilib, savolingiz javobsiz qolmasligiga harakat qilamiz
Imperial Consulting — 2016-yilda tashkil etilgan, Toshkent va Andijon shaharlarida faoliyat yurituvchi xalqaro ta’lim konsalting kompaniyasidir. 2016-yildan buyon kompaniya rahbariyati global ta’lim sohasida faol ishlamoqda va talabalarni xorijdagi nufuzli oliy o‘quv yurtlariga yo‘naltirib kelmoqda. Biz til kurslari, yozgi lagerlar, maktab dasturlari, foundation yo‘nalishlari, bakalavr va magistratura bosqichlari hamda grant asosidagi dasturlar bo‘yicha talabalarni qabul qilishga ixtisoslashganmiz. Asosiy yo‘nalishlarimiz: Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Yevropa va Osiyo davlatlari. Ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlar bilan ishlashda katta tajribaga egamiz va talabalarni jarayonning barcha bosqichlarida — akademik maslahat, universitet tanlash, hujjat topshirish, viza ko‘magi hamda safar oldi tayyorgarligigacha qo‘llab-quvvatlaymiz. Imperial Consulting halol va shaffof ish yuritish tamoyillari hamda xalqaro ta’lim muassasalari bilan uzoq muddatli hamkorlikni qadrlaydi. Biz quyidagi e’tiroflarga egamiz: ICEF akkreditatsiyasi (#5007) IALC Approved Agency (2020–2022) StudyTravel Network – Reference Checked Badge UK Agent & Counsellor Training sertifikatiga ega maslahatchilar Bizning missiyamiz: Markaziy Osiyo talabalari uchun global ta’lim imkoniyatlarini ochish va ularning akademik hamda professional muvaffaqiyatiga hissa qo‘shish.